Talok masalasi

Assalomu alaykum! Turmush kurganimizga 5 oy bulganiga karamay turmush ortogim (valloxu a’lam) kup marotaba ket sen bn yashamiman,ajrashsek ajarashoramiz kabi suzlarni aytgan. Anik esimdalari 5 martta takrorlangan shu xolat. Gaplari ket sen bn turmiman yashamiman,ertaga ketovir ajrashtik deb xisobla, ket narsalaringni orkendan bervoramiz,ajrashsek ajrashoramiz senga er topiladi menga xotin topiladi,menga barirb ketsen ketovir degan. Bundan tashkari kop aytgan. Men talok tushmadimikin deb xavotir olganman 2chi martta ertaga ketovir i ajrashdik deb xisobla deganda. Surishtirsa bir dusti 1 talok tushgan degan ekan kaytarvoldim degan edi menga. Undan keyin yana 3 4 martta shunaka xolat buldi. 5 oylik xayotimizda 4 martta nikox okitdi. 2 martta kufrga tushdim dedi kolganini sababini sorasam kancha kop nikox okitsa shuncha yaxshi yangilab turish kerak deb osha ozini dusti orkali nikox okitgan. Savolim shuki xozirda birga yashamayabmiz talogimni sorasam bermashidan korkyabman ozi ortamizda nikox bormi yukmi? Bintu sodik kanalida bulsa kerak axli ilm ulamolarni yomonlab kufrda ayblaganlarni nikoxi kesiladi deb okigan edim. Erim Ukrainada Kievda masjidda ilm olgan. Shayximizni korsa (Allox asrasin) ana kofir chikdi it kofir deb sokardi meni jaxlim chikib unaka demen deb tarafini olardim. Kegin bir rasm kotarib keldi guyoki u Shayxni kitobi emish unda Shayximiz yaxudiy nasroniy dinlarni iloxiy dinlar deganmish. Nomini aytinchi kitobni desam ishin bulmasin deb urushdi. Xamma ozi davat kilib yurgan okuvchilariga Shayximizni kofir deb yuradi Rustam domla chiksayam kofir didi. Shu vaziyatda xam nikox kesilganmi? Usmonxon Alimovni korsa bizni jamoatdan shu odam didi. Telimdegi sizlarni xamma kanalilarni ochirvorgan korma eshitma bular notogri deb. Ozi namozda sunnatni okimedi mengayam okima sunnatni orniga kazolarini oki derdi men xop deb bildirme sunnatni okir edim. Tushunme koldim bu inson kaysi mazxabdaligini. Axir axli sunnada musulmonni kofir deyish mumkin emas. Menga yul korsating Andijonda ishonchli kozi bulsa oldiga borar edim. Allox barchalarimizni xidoyatidan maxrum kilmasin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu gapi masalalarni uyingizdagi kattalar bilan maslahat qiling. Sizlarga ko‘p taloq tushgan bo‘lishi ham mumkin. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 05:22 | Savol-javoblar | 182 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar