O‘lgan kishi nomidan fidya

Assalomu alaykum! Turmush o‘rtog‘im 35 yoshda vafot etdilar. Juda ham yaxshi inson edilar, afsuski toat-ibodatda emas edilar. Ularning nomidan fidyani men bersam bo‘ladimi? Agar menga berish mumkin bo‘lsa, necha yillik fidya berishim kerak? Shunda do‘zaxdan qutqara olishimga umid qilsam bo‘ladimi? 2. Qur’oni karimni yaqinda tajvid qoidalari bilan o‘rgandim. Alhamdulillah o‘qib xatm qilish arafasidaman. Lekin bir opamiz arab tilidagisidan ko‘ra, o‘zbek tilidagisini o‘qigin, arab tilini baribir tushunmaysanku deb qoldilar. Qanday yo‘l tutishni bilmay qoldim. Arab tilidagi Qur’onni o‘qigandan ko‘ra, o‘zbek tilidagisini o‘qisam yaxshiroqmikin deb o‘ylab qoldim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Balog‘atga etgan yoshidan 35 yoshgachasini.
2). O‘sha opangiz noto‘g‘ri aytibdi. Arabchasini o‘qish ibodat. Vallohu a’lam!

5 May 2022, 22:12 | Savol-javoblar | 148 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar