Kofforat

Assalomu alaykum! Agarda qandaydir ishni niyat qila turib Xudo xolasa yoki InshaAllah shu kun kelganda shunday ish qilaman desa qasamga kiradimi? 2). O‘rtoqlari ubu erga chaqirib borasanmi deganda Xudo xolasa boraman desa qasam ichganga kiradimi? 3). Kimdir bilan ayni bir vaqtni belgilab o‘sha vaqt ko‘rishamiz desa va o‘sha uchrashuvga kech qolsa u qasamxo‘r bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! 1). Bu qasamga kirmaydi. 2). Kirmaydi. 3). Va’daga xilof qilgan bo‘ladi. Qasamning kafforati vojib bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 23:43 | Savol-javoblar | 153 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar