Hidoyat shukri

Assalomu alaykum! Hidoyat, Allohning ulug‘ ne’matdir. Shu ne’matning shukrini qanday ado etsak bo‘ladi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Quyidagi hadisda kelgan duoni o‘qing. ابن عمر رضي الله عنهما أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ حَدَّثَهُمْ أَنَّ عَبْدًا مِنْ عِبَادِ اللَّهِ قَالَ : يَا رَبِّ لَكَ الْحَمْدُ كَمَا يَنْبَغِي لِجَلالِ وَجْهِكَ وَلِعَظِيمِ سُلْطَانِكَ ، فَعَضَّلَتْ بِالْمَلَكَيْنِ فَلَمْ يَدْرِيَا كَيْفَ يَكْتُبَانِهَا ، فَصَعِدَا إِلَى السَّمَاءِ وَقَالا : يَا رَبَّنَا إِنَّ عَبْدَكَ قَدْ قَالَ مَقَالَةً لا نَدْرِي كَيْفَ نَكْتُبُهَا . قَالَ اللَّهُ عَزَّ وَجَلَّ - وَهُوَ أَعْلَمُ بِمَا قَالَ عَبْدُهُ - : مَاذَا قَالَ عَبْدِي ؟ قَالا : يَا رَبِّ إِنَّهُ قَالَ : يَا رَبِّ لَكَ الْحَمْدُ كَمَا يَنْبَغِي لِجَلالِ وَجْهِكَ وَعَظِيمِ سُلْطَانِكَ . فَقَالَ اللَّهُ عَزَّ وَجَلَّ لَهُمَا : اكْتُبَاهَا كَمَا قَالَ عَبْدِي حَتَّى يَلْقَانِي فَأَجْزِيَهُ بِهَا رواه ابن ماجه Ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi :  
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ularga hadis so‘zlab : “Allohning bandalaridan bir banda “Ya robbi lakalhamdu kamaa yanbag‘ii lijalaali vajhika valiazimi sultonik” dedi. Bu kalima ikki farishtaga og‘irlik qilib uni qanday yozishni bilmay qolishdi. Samoga ko‘tarilib : “Ey robbimiz bandang bir gapni aytdi, biz uni qanday yozishni bilmayapmiz” deyishdi. Alloh azza va jalla – O‘zi bandasi nima deganidan yaxshi xabardor bo‘lsada, - “Bandam nima dedi” dedi. Ular :  “Ya robbi lakalhamdu kamaa yanbag‘ii lijalaali vajhika valiazimi sultonik dedi” deyishdi. Alloh azza va jalla u ikkisiga : “Bandam menga yo‘liqib, mukofotini bergunimcha qanday aytgan bo‘lsa shundayligicha yozib qo‘yaveringlar” dedi”.
Ibn Moja rivoyati.
Ma’nosi: Ey robbim, Senga zotingni jaloliga, saltanatingni ulug‘ligiga loyiq hamdlar bo‘lsin. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 05:22 | Savol-javoblar | 140 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar