Namoz paytida imomning taxorati sinishi

Assalomu alaykum! Uyda asosan jamoat bo‘lib namoz o‘qiymiz. Namoz paytida imomning burni qonab ketsa, oldidan biror odam o‘tsa yoki boshqa sabab bilan taxorati sinsa namozni to‘xtatish kerakmi? Imomga iqtido qilganlarning gunohi urmaydimi? To‘xtatish kerak bo‘lsa imom namozni to‘xtatgandan keyin unga ergashgan odamlarning o‘zi o‘qib ketsa bo‘ladimi yoki ular ham to‘xtatishi kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bunday suratda imom orqasidagi bir odamni tortib o‘rniga qo‘yadi va o‘sha odam kelgan joyidan davom ettirib ketaveradi. Agar bunchalik qilishni bilmasalar imom chiqib ketaveradi boshqa odam namozni avvalidan qaytadan boshlaydi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 20:31 | Savol-javoblar | 150 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar