Sajda oyatini ado qilmasa

Assalomu alaykum! Alaq surasining oxirgi oyati sajda oyati ekanligini bilmagandim. Uni yodlaganimga bir oy yoki ko‘proq bo‘lgan bo‘lsa kerak. Lekin men buni bilganimcha biror marta tilovat sajdasini qilmadim. Uni asosan namozda o‘qiyman. "Namoz payti ruku tilovat sajdasi o‘rniga o‘tadi" deyilganini o‘qidim, lekin men tilovat sajdasi qilish niyatim bo‘lmaganda. Namozdan tashqarida faqat yodlayotgan kunlarim o‘qiganman. Endi bu vojiblar zimmamdan soqit bo‘lishi uchun men nima qilishim kerak? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Namozning sajdasi tilovat sajdasiga o‘tadi. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 05:32 | Savol-javoblar | 173 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar