Eshon, to‘ralarni vazifasi

Assalomu alaykum! Xo‘ja, Eshon va To‘ra avlodlari xaqida va ulari vazifalari xaqida tushuncha bersangizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ularni boshqa musulmonlardan ortiq hech qanday vazifasi yo‘q. Alloh taolo "Hujurot" surasida marhamat qiladi: يَا أَيُّهَا النَّاسُ إِنَّا خَلَقْنَاكُم مِّن ذَكَرٍ وَأُنثَى وَجَعَلْنَاكُمْ شُعُوبًا وَقَبَائِلَ لِتَعَارَفُوا إِنَّ أَكْرَمَكُمْ عِندَ اللَّهِ أَتْقَاكُمْ إِنَّ اللَّهَ عَلِيمٌ خَبِيرٌ۝ 13. Ey odamlar! Biz sizlarni bir erkak va ayoldan yaratdik va sizlarni o‘zaro tanishishingiz uchun xalqlar va qabilalar qilib qo‘ydik. Albatta, Allohning huzurida eng hurmatliyingiz eng taqvodoringizdir. Albatta, Alloh o‘ta biluvchidir, o‘ta xabardordir.
Ularning zimmasiga yuqoridagi oyatdagi taqvodorlarning peshvosi bo‘lishi mas’uliti bor. Ular boshqalardan ko‘ra osonroq bu maqomlarga erishishadi. Chunki Rasululloh sollallohu alayhi vasallam va sahobalar o‘z avlod zurriyodlari haqida juda ko‘p duo qilganlar. Duolarining ta’siri yaqqol ko‘rinib turadi. Ammo uni suite’mol qilib obro‘sini o‘rtaga qo‘yib tirikchilik qilish mutlaqo joiz emas. Sizni biz unday qiladi deb aytmaymiz, Alloh saqlasin, lekin shunday qilayotganlar uchrab turar ekan. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 08:05 | Savol-javoblar | 144 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar