Usta va yordamchi
Assalomu alaykum! Men to‘rtinchi qavatda suvoq qilayotgan usta va yordamchini uchratdim. Yordamchi elkasida xamma xom-ashyoni (bari og‘ir: tsement, qum, suv) tashib chiqayapti, so‘ngra aralashtirib paqirda ustani oldiga etkizyapti. Usta aralashmani suvab qo‘ygandan keyin yordamchi yana suvoqni yuvib tekislayapti. Usta bir kunda topgan pulini taxminan o‘ndan birini yordamchiga berar ekan. Menimcha noto‘g‘ri qilyapsiz asosiy og‘ir ishni yordamchi qilyapti insof qiling desam, usta “bu erda umuman yolg‘on gap yo‘q ochiq oydin kelishganmiz, topganim xalol” dedi. Savolim shunga o‘xshash xolatlarda qandaydir biror bir ko‘rsatmalar bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Nochorni muhtojligidan foydalanish ham joiz emas. Vallohu a’lam!
8 May 2022, 05:32 | Savol-javoblar | 152 | Halol va harom
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Nochorni muhtojligidan foydalanish ham joiz emas. Vallohu a’lam!
8 May 2022, 05:32 | Savol-javoblar | 152 | Halol va harom