Ayoli namoz o‘qimasa
Assalomu alaykum! Agar er kishi o‘zi ibodatda bo‘lsa, uning jufti haloli eri tomonidan nomoz o‘qishga bir necha marotaba nasixat qilib ibodatni to‘la to‘kis ado qilishini buyursa, lekin ayoli xop deb ibodatni amalga oshirmay yursa qanday yo‘l tutiladi? Javob uchun oldindan tashakkur.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Siz chiroyli nasihat va hikmat bilan oilangizni namozga chorlashda davom etavering. Namozga shavqini ziyoda qiladigan kitoblarni birgalikda o‘qinglar. Alloh taolo “Toha” surasida marhamat qiladi : وَأْمُرْ أَهْلَكَ بِالصَّلَاةِ وَاصْطَبِرْ عَلَيْهَا لَا نَسْأَلُكَ رِزْقًا نَّحْنُ نَرْزُقُكَ وَالْعَاقِبَةُ لِلتَّقْوَى132. Ahlingni namozga amr et va o‘zing unga sabr qil. Sendan rizq so‘ramasmiz. Biz senga rizq beramiz. Oqibat esa taqvonikidir. Musulmonning birinchi burchi ahlini, oilasini musulmon qilishdir. Bu ishda namoz muhim o‘rin tutadi. Shuning uchun ahlingni, oila a’zolaringni namoz o‘qishga buyur. O‘zing ham sabr ila namozda bardavom bo‘l va ahlingni namozga undashda davom et. Alloh sendan boshqa narsani so‘ramaydi. «Sendan rizq so‘ramasmiz. Biz senga rizq beramiz». O‘sha bergan rizqimizga shukr qilib, namoz o‘qi va namozga buyur. «Oqibat esa taqvonikidir». Yaxshi oqibatga sazovor bo‘lish taqvoga bog‘liqdir. ("Tafsiri hilol" kitobidan). Vallohu a’lam! https://savollar.islom.uz/savol/29738
12 May 2022, 00:01 | Savol-javoblar | 180 | Ibodatlar