Ayol va erkak yonma-yon namozi
Assalomu alaykum! Biz xo‘jayinim bilan namozlarimizni xardoim birga o‘qiymiz. Xonamiz judayam kichkina, bo‘sh eriga faqatgina 2 joynamoz yon-mayon zo‘rg‘a sig‘adi. Uyning boshqa joyida namoz o‘qishga iloji yo‘q, qaynona qaynotam o‘tirishadi uyoqda. Shuning uchun yonmayon o‘qishga majburmiz. Lekin har ikkimiz namozimizni alohida o‘qiymiz, ya’ni, xo‘jayinim imomlik qilmaydi, men ularga ergashmasdan o‘zim o‘qiyman. Shunday xolatda er xotin farz namozlarni yonmayon ado etishi joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Iqtido qilmasangiz joiz. Iqtido qilsangiz u holatda yonma-yon turishingiz joiz emas. Vallohu a’lam!
2 May 2022, 06:22 | Savol-javoblar | 163 | Namoz