Bomdod namozini sunnatini uyda o‘qish

Assalomu alaykum! Bir joyda bomdod namozini sunnatini uyda farzini esa jamoatga qo‘shilib masjidda o‘qisa, savobi katta bo‘ladi deb o‘qingandim(adashmasam shu saytda o‘qiganman lekin izlab topolmadm). Bugun bir tanishim bomdodni sunnatini Rasululloh sollallohu alayhi vasallam doim masjidda o‘qiganlar, uylari masjidga yaqin bo‘lsa ham masjidga chiqib o‘qiganlar deb qoldi. Men nima deyishga xayron bo‘lib qoldim, men doimo sunnatini uyda o‘qirdim. Oldindan rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Tanishingiz noto‘g‘ri ma’lumot aytibdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam birorta ham sunnat namozlarini masjidda o‘qimaganlar. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 03:28 | Savol-javoblar | 158 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar