Hurmati musoharat
Assalomu alaykum! Xurmatli ustozlar. Savolim.Hurmati musoharat to‘g‘risida. Yaqinda uylandim. 1.To‘yda hotinim onasiga kelin salom berayotganda qaynonam meni va hotinimni yuzidan o‘pib qo‘ydi hurmat yuzasidan shekili,men yuzimdan op’ishini oldini olishga ulgira olmadim,kutmagan edim. 2.Otami mazasi yo‘q edi,hotinim otamni kaftlarini ustki qismidagi tomiriga ukol qilob qo‘yibti onamni yonida. 3.To‘ydan keyingi marosimda hotinim qarindoshlar bilan ko‘rishayotganda otam bilan ham qo‘l berib ko‘rishib qo‘yibti,hurmat yuzasidan,marosimdi videoga olishganda ko‘rdim. 4.Hotinimni uyiga olib borganimda qaynonam qo‘l uzatgan edi so‘rashgani,qo‘l uzatib so‘rashdim.Qo‘lini qaytargani hijolat bo‘lib. Aziz ustozlar.Hurmati musoharat haqida oz bo‘lsa ham ilmim bor edi lekin bu yuqoridagi holatlarda bazi biriga o‘zim be etibor bo‘lib qolibman,bundan juda afsusdaman.Otam yoshlari 60 da,Qaynonam 40 larga kirgan. Otamni ham,Qaynonam ham, Men o‘zim va Hotinimni Tabiatimiz buzuq emas.Aql hushimiz joyida. Bundan buyon hotinim ham men ham bunday holatga tushmaslik uchun judaham etiborlik bo‘lamiz. Savolim: Bu aytgan holatlarimda hurmati musoharat sobit bo‘lgan bo‘lsachi deb shayton vasvasa qilayabti,qalbimda qo‘rquv havotir bo‘layabti. Endi men nima qilshim kerak,hotinim bilan nikohimga nima bo‘ladi?Birga yashayveramanmi?Iltimos to‘g‘ri yul ko‘rsatinglar aziz ustozlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hurmati musohorotda shahvatni shart qilingan. Shahvat qo‘zimagan bo‘lsa harom bo‘lmaydi. Sizlar ehtiyotini qilib to‘g‘ri qilar ekansizlar. Vallohu a’lam!
8 May 2022, 06:38 | Savol-javoblar | 155 | Turli savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hurmati musohorotda shahvatni shart qilingan. Shahvat qo‘zimagan bo‘lsa harom bo‘lmaydi. Sizlar ehtiyotini qilib to‘g‘ri qilar ekansizlar. Vallohu a’lam!
8 May 2022, 06:38 | Savol-javoblar | 155 | Turli savollar