Internetdagi xayrya fondi

Assalomu alaykum! Ma’lumki Yutub da juda ko‘p xayrli ishlar qilinmoqda. Hamma sadaqotlarini berishmoqda. Maqsad bitta oxiratda foydasini ko‘rish. Bu fondlarni yaxshilab surushtirib berganimiz yaxshimi yoki surushtirmay? Chunki ba’zi paytda so‘ragani hijolat bo‘ladi inson. Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Ularga bergandan ko‘ra ularga ham yordamchi bo‘lib o‘z qo‘lingiz bilan yaqin atrofingizdagi muhtoj kishiga bersangiz savobi ko‘proq bo‘ladi. Shunda ularni ham olib kel, qog‘ozga tushir, egaini topib etkaz degan mashaqqatdan qutqargan bo‘lasiz. Qalbingizda etib bordimikin yoki yo‘qmi degan ular haqidagi yomon gumonga borishdan ham qutilasiz. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 06:27 | Savol-javoblar | 162 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar