G‘iybatning gunoxni qanday yuvamiz?

Assalomu alaykum! Alloh sizlardan rozi bo‘lsin. Bu kanal orqali bilimlarimiz oshib boryapti. Allohga shukr. Savolim shuki g‘iybat gunoxlini bilamiz, gunoximizga tavba qildik. Endi o‘sha insonlarni bu dunyoda qanday qilib rozi qila olamiz? Kiyomatda ularni rozi qilishga amallariz etmay qolishidan qo‘rqaman. Bu dunyoda imkonimiz borida bir birimizni rozi qilishni qanday imkoni bor. Savolimda kamchilik bo‘lsa uzr. Alloh sizlardan rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! G‘IYBATNING KAFFOROTI  G‘iybatchi bir yo‘la ikki haqqa nisbatan jinoyat qiladi:
1. Alloh taoloning haqqiga jinoyat qilgan bo‘ladi. Chunki u Alloh taolo qaytargan ishni qildi. Buning kafforoti tavba qilish bilan bo‘ladi.
2. Bandaning haqqiga jinoyat qilgan bo‘ladi.
Agar g‘iybat bandaning o‘ziga etgan bo‘lsa, g‘iybatchi uning oldiga borib, kechirim so‘rashi va nadomatini bildirishi lozim bo‘ladi.
Ulamolar: «Uning tavbasi to‘liq bo‘lishi uchun qaerda, qaysi majlisda g‘iybat qilgan bo‘lsa, o‘sha erda, o‘sha majlisda g‘iybat qilingan kishi haqida yaxshi gaplarni gapirishi kerak», deganlar.
Agar gap g‘iybat qilingan odamga etmagan bo‘lsa, tavba qilgan g‘iybatchi uning haqqiga istig‘for aytadi. (“Ruhiy tarbiya” kitobidan).
“G‘iybat bu nima” degan kitobni o‘qing batafsil ma’lumot olasiz. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 05:12 | Savol-javoblar | 134 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar