Ayollarning Qur’on tilovati

Assalomu alaykum! Hanafiy mazhabida ayollarning to‘planib ilm o‘rganishlari, xususan Qur’on o‘qishlari makruhmi? Makruh bo‘lsa, ayol-qizlar madrasalarida ilm o‘rganayotgan opa-singillarimiz makruh ish qilishmoqdami?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ilm olishga kelsak, u har bir ayol va erkak uchun zimmasiga farzi ayndir. Hatto namoz, ro‘za va hayz-nifosga tegishli hukmlarni ayollarimizga eri ruxsat bermasa ham, chiqib borib kimdandir o‘rganishga to‘g‘ri kelsa ham, qaysidir to‘siqlar bo‘lsa ham shariatimiz zimmalariga farz qilgan. AYoLLARGA ILM O‘RGATISh UChUN ALOHIDA KUN BELGILANADIMI? عَنْ أَبِي سَعِيدٍ الْخُدْرِيِّ رَضِي اللهُ عَنْهُ. قَالَتِ النِّسَاءُ لِلنَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: غَلَبَنَا عَلَيْكَ الرِّجَالُ، فَاجْعَلْ لَنَا يَوْمًا مِنْ نَفْسِكَ. فَوَعَدَهُنَّ يَوْمًا لَقِيَهُنَّ فِيهِ، فَوَعَظَهُنَّ وَأَمَرَهُنَّ، فَكَانَ فِيمَا قَالَ لَهُنَّ: «مَا مِنْكُنَّ امْرَأَةٌ تُقَدِّمُ ثَلَاثَةً مِنْ وَلَدِهَا إِلَّا كَانَ لَهَا حِجَابًا مِنَ النَّارِ». فَقَالَتِ امْرَأَةٌ: وَاثْنَيْنِ؟ فَقَالَ: «وَاثْنَيْنِ» Abu Sa’id Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Ayollar Nabiy sollallohu alayhi vasallamga: «Huzuringizda (bo‘lishda) erkaklar bizdan o‘tib ketishdi. Shuning uchun bizga o‘zingiz bir kunni tayin qilib bersangiz», deyishdi. U zot ular bilan uchrashish uchun bir kunni va’da qildilar. Bas, (o‘sha kunda) ularga va’z qildilar va vazifalar berdilar. Ularga aytgan gaplari orasida: «Sizlardan biror ayol o‘z farzandlaridan uchtasini topshirgan bo‘lsa, albatta, bu unga do‘zaxdan parda bo‘ladi» degan jumla bor edi. Shunda bir ayol: «Ikkita bo‘lsa-chi?» dedi. «Ikkita bo‘lsa ham», dedilar». (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Vallohu a’lam!

21 Aprel 2022, 17:04 | Savol-javoblar | 149 | Ta’lim va muta’allim
|
Boshqa savol-javoblar