Kabr va kabriston xakida

Assalomu alaykum xurmatli Shayx xazratlari. Xurmatli Ustoz men Sizdan kabr va kabriston xakida suramokchi edim!? Xurmatli Ustoz Islom dinida kabristonga musulmon kishi dafn etilgandan sung, uning kabriga tosh kuyish mumkinmi? Kabrning bosh tomoniga tosh kuyib, dafn etilgan kishining ism-sharifini, tugilgan va vafot etgan yillarini, Kur’on suralarni uyib, yozib kuyish mumkinmi? Kabrning atrofini tusik bilan urab kuyish mumkinmi? Kabrning ustidagi usimliklarni tozalash maksadida yulish mumkinmi? Kabristonga daraxtlar ekish mumkinmi? Ekish mumkin bulsa kanday daraxtlarni ekish mumkin? Kabristondagi mevali daraxtlarning mevasini eyish mumkinmi? Javoblaringiz uchun oldindan katta raxmat. Agar savollarim kupayib ketgan bulsa, Sizdan uzr surayman. Alloxim Sizdan rozi bulsin. Omiyn.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Qabrning usti bir qarich miqdorida ko‘tariladi.Qabrning ustini tuyaning o‘rkachiga o‘xshatib ko‘tariladi.Qabrni gips bilan suvash, ustiga bino qilish, yozuv yozish, uning yonida yotib qolish, masjid qilish, uni o‘pish, tavof qilish, uning yonida xushbo‘y narsa tutatish, uning tuprog‘idan shifo tilash kabi ishlar makruhdir.Qabrning ustiga mayda toshlar, bir dona kattaroq tosh qo‘yib belgilansa joiz.Qabrning ustiga suv sepish mandubdir. Ho‘l shoxlarni va rayhon kabi narsalarni qabr ustiga qo‘yish sunnatdir. Qabr ustida o‘sib turgan maysa va o‘simliklarni qurimasdan oldin olish makruhdir. Chunki ho‘l nabototning tasbihidan mayyitga foyda etib turadi.

20 Aprel 2022, 19:41 | Savol-javoblar | 165 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar