Muslima va xristian

Assalomu alaykum! Ba’zi sahifalarda ruslar ham Iso payg‘ambarning ummatlari deyilgan. Har xil bahslar yozilgan. Iltimos tushuntirib bersangizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom!  Bir payg‘ambar vafot topsa u zotning ummatlari keyingi kelgan payg‘ambari va shariatiga ergashishi shart. Aks holda o‘z payg‘ambariga ham itoat qilmagan bo‘ladi. Muso alayhissalom ham Iyso alayhissalom ham o‘zlaridan keyin keladigan payg‘ambarga ergashishni qavmiga qayta-qayta ta’kidlaganlar. Yaxudiylarning ulamolari Tavrotada kelgan Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sifatlarini o‘zgartirishdi. O‘rta bo‘ylik degan sifatini uzun bo‘ylik, ko‘zlarini oqi oppoq, qorasi qop qora degan sifatlarini ko‘k ko‘zliga va yana boshqa sifatlarini boshqa sifatlarga o‘zgartirishdi. Ularni ichida avvaldan Tavrot o‘qib yurganlar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni ko‘riboq oxirgi payg‘ambar ekanliklarini tanishdi va iymon keltirishdi. Tavrot o‘qimagan va o‘qishni bilmaganlar ulamolari o‘zgartirgan gapga ishonib yuz o‘girishdi. Ulamolari esa bilaturib o‘zlariga keladigan boylikdan quruq qolishdan qo‘rqib o‘zlarining muqaddas ktioblaridagi ma’luomtlarni inkor qilishdi. Alloh taolo “Niso” surasida marhamat qiladi:  مِّنَ الَّذِينَ هَادُواْ يُحَرِّفُونَ الْكَلِمَ عَن مَّوَاضِعِهِ وَيَقُولُونَ سَمِعْنَا وَعَصَيْنَا وَاسْمَعْ غَيْرَ مُسْمَعٍ وَرَاعِنَا لَيًّا بِأَلْسِنَتِهِمْ وَطَعْنًا فِي الدِّينِ وَلَوْ أَنَّهُمْ قَالُواْ سَمِعْنَا وَأَطَعْنَا وَاسْمَعْ وَانظُرْنَا لَكَانَ خَيْرًا لَّهُمْ وَأَقْوَمَ وَلَكِن لَّعَنَهُمُ اللّهُ بِكُفْرِهِمْ فَلاَ يُؤْمِنُونَ إِلاَّ قَلِيلاً۝ 46. Yahudiy bo‘lganlardan kalimalarni o‘z o‘rnidan o‘zgartiradiganlar bor. Ular tillarini burib va dinga ta’na etkazib: «Eshitdik va osiy bo‘ldik, eshit, eshitmay qolgur va «ro’ina», – derlar. Agar: «Eshitdik va itoat qildik, eshit va bizga nazar solgin», – deganlarida, albatta, o‘zlariga yaxshi va to‘g‘ri bo‘lar edi. Lekin Alloh ularni kufrlari sababli la’natladi. Bas, ozginalaridan bosh¬qalari iymon keltirmaslar.
Yahudiylar avvaldan makr va hiylalari bilan mashhurlar. Islom dini er yuzida tarqala boshlab, musulmonlar jamoasi paydo bo‘la boshlagandan e’tiboran, ular o‘z makru hiylalarini bu yosh jamiyatga qarshi qaratganlar.
Bu boradagi razilliklari shu darajaga etdiki, hatto Alloh ularga hidoyat manbai qilib bergan Tavrotni ham buzib ko‘rsatdilar.
«Yahudiy bo‘lganlardan kalimalarni o‘z o‘rnidan o‘zgartiradiganlar bor».
Zotan, manfaatlari yo‘lida Allohning kalomini buzib ko‘rsatish ularning eski odatidir. Bu ishda ular hammadan o‘tib ketishgan.
Yahudiylar Nabiy alayhissalomning chin payg‘ambar ekanliklarini boshqalardan ko‘ra yaxshiroq bilib turib, u zotga nisbatan hech kim qilmagan beodobliklarni, hurmatsizliklarni qiladilar. ("Tafsiri Hilol" kitobidan).
Nasorolar ham xuddi shu ishni qilishdi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 23:12 | Savol-javoblar | 152 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar