Akamning o‘g‘li nomahrammi

Assalomu alaykum! Yoshim 22 da. Men judayam kichkina qizaloqlik payitlarim akam uylangan edilar biz birga bir uyda yashaganmiz. 8-9 yashar paytimda ular o‘g‘illik bo‘lishgan biz opa ukalardek bir uyda katta bo‘lganmiz jiyanim bilan. 2 yil oldin men turmushka chiqdim turmush o‘rtog‘im juda ham taqvoli insonlar. Xozirda jiyanim 14 yoshda. Xo‘jayinim jiyanimni menga nomaxram bo‘lishini uning oldida ham xijobda ro‘molda yurishimni aytishdi. Ya’ni ota uyimga mexmonga borsam yoki u biznikiga kelsa ro‘molda yurishimni u ham nomaxram ekanligini aytishdi va yana biror bir domladan buni aniqlashtirib so‘rab berishlarini aytishti. Jiyanim menga nomaxrammi rostdan? Akam bilan oramizdagi yosh 15 yoshda akamning yonida ham xijobda yurishim kerakmi ro‘mol o‘ralgan xolda?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ayol kishini tug‘ishgan akasi yoki emikdosh akasi bo‘lsa o‘sha akasining o‘g‘illari o‘sha ayolga shar’an mahram hisoblanadi. Yonida ro‘molsiz yurishi ham joiz. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 08:06 | Savol-javoblar | 159 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar