Uydagi g‘aflatdan qutilish
Assalomu alaykum! Bizni uyimizga kim kelsa ko‘p uxlaydi va tez uyqusi keb qoladi. Biz xam shunaqamiz, juda ko‘p uxlaymiz, kechqurun to‘yib uxlasak xam kunduz kun kechgacha uyqusirab juda og‘ir bo‘lib qo‘limiz xech bir ishga bormaydi. Uyga kirsak ichimiz qisilib ziq bo‘lib qolamiz bu nimadan uyimiz juda og‘ir. Biz nima qilishimiz kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Uyingizda Qur’on o‘qib, azon aytib va namozlar o‘qib turinglar. عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: لَا تَجْعَلُوا بُيُوتَكُمْ مَقَابِرَ، وَإِنَّ الْبَيْتَ الَّذِي تُقْرَأُ فِيهِ الْبَقَرَةُ لَا يَدْخُلُهُ الشَّيْطَانُ. رَوَاهُمَا التِّرْمِذِيُّ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Uylaringizni qabrga aylantirmanglar. Albatta, «Baqara» surasi o‘qiladigan uyga shayton kirmaydi», dedilar».
Ikkisini Termiziy rivoyat qilganlar.
Bu hadisi shariflar ham Qur’oni Karimning va «Baqara» surasining fazlini yana ham boshqacharoq vasf qilmoqda.
Barcha odamlar uylarining obod bo‘lishi, ularning qabristonga o‘xshab qolmasligi uchun harakat qiladilar. Bu maqsadni amalga oshirish yo‘lida turli-tuman ishlar, sarf-xarajatlar qiladilar.
Ushbu maqsadni amalga oshirishning eng qulay, barakali va arzon yo‘li ushbu hadisi sharifda bayon qilingan ekan. Har bir musulmon kishi o‘z uyi obod bo‘lishi, qabrga o‘xshab qolmasligi uchun uyida «Baqara» surasini o‘qib tursa bo‘ldi ekan.
Kishilar o‘z uylarining omonlik qo‘rg‘oni bo‘lishini juda ham istaydilar. Uyda istiqomat qiluvchilarning barchasi tinch-omon va xotirjam bo‘lishlari uchun barcha imkoniyatlarni ishga soladilar. Ayniqsa, jinu shaytonlarning yomonligidan ehtiyot bo‘lishga alohida ahamiyat beradilar.
Bu maqsadga erishishning oson va qulay yo‘li ham har kim o‘z uyida «Baqara» surasini o‘qib turishi ekan.
Bunga o‘xshash rivoyatlar juda ko‘p. Misol uchun, yana bir rivoyatni keltiraylik:
Abu Ubayd rivoyat qiladilar:
«Bir odam namozda «Baqara» va «Oli Imron» suralarini o‘qidi. Namozini tugatganidan keyin hazrati Ka’b roziyallohu anhu unga:
«Baqara» bilan «Oli Imron»ni o‘qidingmi?» dedilar.
«Ha», dedi.
«Mening jonim qudrat qo‘lida bo‘lgan Zot bilan qasamki, bu ikkovida u bilan duo qilsa, mustajob bo‘ladigan Allohning ismi bor», dedilar.
«Menga o‘rgatib qo‘ying», dedi.
Hazrati Ka’b roziyallohu anhu:
«Yo‘q, o‘rgatmayman. Senga uning xabarini ayt¬sam, o‘zingni ham, meni ham halok qiladigan duo qilib qo‘ymagin», dedilar».
Imom Buxoriy rivoyat qiladilar:
«Usayd ibn Huzayr roziyallohu anhu kechasi «Baqara» surasini o‘qiyotgan edi. Yaqinida oti bog‘log‘liq turar edi. Birdan ot tipirchilab qoldi. Qiroatdan to‘xtagan edi, ot ham yana to‘xtadi. Yana o‘qigan edi, ot ham tipirchiladi. O‘g‘li Yahyo yaqinida uxlab yotardi. Ot bosib olmasin, deb borib, uni qo‘liga oldi va boshini osmonga ko‘tardi. Tong otgandan so‘ng bo‘lib o‘tgan hodisani Payg‘ambar alayhissalomga so‘zlab berdi. U kishi:
«O‘qi, ey Ibn Huzayr», dedilar.
«Ey Allohning Rasuli, Yahyoni bosib olmasin, deb qo‘rqdim, uning yaqinida edi. Boshimni ko‘tarib, uning oldiga bordim. Osmonga qarasam, bulutga o‘xshash narsa. Ichida chiroqqa o‘xshagan narsalar ham bor. Ularni ko‘rmay deb, chiqib ketdim», dedi.
Payg‘ambar alayhissalom:
«U nimaligini bilasanmi?» dedilar.
«Yo‘q», dedi.
U zoti bobarakot:
«Ular sening ovozingga kelgan farishtalar. Agar tong otguncha o‘qiyverganingda, odamlar ularni ko‘ra olardilar. Ular berkinmas edilar», dedilar». (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!
8 May 2022, 08:06 | Savol-javoblar | 169 | Administrator