Namozda tasbeh aytish

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, namozdan so‘ng o‘qiladigan tasbehni barmoqda sanash savobmi yoki tasbeda?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Shariatimiz juda ko‘p narsani chegaralamagan. Biz ham chegaralamaslikka harakt qilaylik. Gap biror narsada sanashda emas, maqsad Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hadislarida keltirgan adadda tasbeh aytish va zikr qilishdir. Uni nimada sanashning farqi yo‘q. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 09:00 | Savol-javoblar | 165 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar