1 martta uch taloq degandi
Assalomu alaykum! Turmush o‘rtog‘im 1 martta 3 taloq degan. Keyin qayta nikoh o‘qitganmiz. Yarim yil o‘tib, yana sms orqali taloqsan deb yozib yubordillar. Keyin yana oradan 1 haftalar o‘tib telefonda “senga talog‘imi berdim”, dedilar. Endi yarashamiz deyapti. Qayta nikoh o‘qitsa bo‘ladimi? 1 taloq deb sms yozganlarda hayz holatida edim. Keyingi telefonda aytgan taloqlarida poklanib bo‘lgan edim. 1ta farzand bor.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Birinchi uch taloq deganida qayta nikohlanmaydigan bo‘lib qolgansizlar. Endi u kishiga qayta nikohlanish uchun siz boshqasiga turmushga chiqib, yaqinlik qilib, talog‘ingizni olib, idda o‘tirib, iddangizni tugatishingiz kerak. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 22:38 | Savol-javoblar | 160 | Turli savollar