Iddani tushunmadim
Assalomu alaykum! Xurmatli ustozlar! Men bir savolning javobini o‘qib qoldim lekin tushunmadim! Eri o‘lgan ayol Iddasi haqida eshitganman lekin hayz ko‘rmagan ayol iddasi haqida eshitmaganman. Quyidagi savol javobni va hadisni tushuntirib beringlar (ilmsizligim uchun uzr ) iltimos "Homiladorlarning iddasi homilalarini qo‘ymoqlikdir» bu nima degani? Homilador ayollar hayz ko‘rmagani uchun idda saqlaydi degani bo‘lsa qanday bo‘ladi u iltimos idda haqida batafsil tushuntinglar Sizlarga rahmat men bilmaganlarimni bilishimga ko‘piga sizlar sababli. Xayz kurmaydigan ayolning iddasi 19:24 / 11.03.2018 | Alijon | 56811 Assalomu alaykum! Xayz ko‘rmaydigan ayol (yoshi tufayli yoki operatsiya qilib bachadoni olib tashlanishi sababli) eridan ajrashsa idda o‘tiradimi? Agar bu shart bo‘lsa qaysi mantiqqa asoslanib? «Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati: Va alaykum assalom! Avval idda o‘tirishi shart. Hayz ko‘rmaydigan ayol taloq olgani tufayli uch oy idda o‘tiradi. Kichkinaligi yoki kattaligi (sababli) yoki yoshi etsa ham hayz ko‘rmayotganlarniki uch oydir. Bu hukmning dalili quyidagi oyati karimadir. Alloh taolo Taloq surasida shunday marhamat qilgan: وَاللَّائِي يَئِسْنَ مِنَ الْمَحِيضِ مِن نِّسَائِكُمْ إِنِ ارْتَبْتُمْ فَعِدَّتُهُنَّ ثَلَاثَةُ أَشْهُرٍ وَاللَّائِي لَمْ يَحِضْنَ وَأُوْلَاتُ الْأَحْمَالِ أَجَلُهُنَّ أَن يَضَعْنَ حَمْلَهُنَّ «Ayollaringizdan hayzdan noumid bo‘lganlarining iddasi, agar shubhangiz bo‘lsa, uch oydir. Hayz ko‘rmaganlariniki ham. Homiladorlarning iddasi homilalarini qo‘ymoqlikdir» (4-oyat).("Kifoya" kitobidan). Vallohu a’lam!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Homilador ayol eri o‘lsa yoki taloq qilinsa bolasini tuqqunicha iddada o‘tiradi. Tug‘ish muddati qancha uzun yoki qisqa bo‘lsa ham farqi yo‘q. Masalan eri o‘lib ertasi kuni bola tug‘sa o‘sha kuni iddasi chiqadi. Vallohu a’lam!
8 May 2022, 09:12 | Savol-javoblar | 190 | Ayollarga oid masalalar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Homilador ayol eri o‘lsa yoki taloq qilinsa bolasini tuqqunicha iddada o‘tiradi. Tug‘ish muddati qancha uzun yoki qisqa bo‘lsa ham farqi yo‘q. Masalan eri o‘lib ertasi kuni bola tug‘sa o‘sha kuni iddasi chiqadi. Vallohu a’lam!
8 May 2022, 09:12 | Savol-javoblar | 190 | Ayollarga oid masalalar