Ayolini gapini tushunmay uch taloq qo‘ysa

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar o‘rtog‘imni masalasi bo‘yicha savol yozyabman. O‘rtog‘im hozir chet elda xotinini oldin bir janjalda 1 marta taloq qilgan edi. Yaqinda esa tortishib qolganda hotini "ongingiz buzuq" deganda u "onangiz buzuq" deb tushunib jahl ustida birdan 3 taloqsan deb yozib yuborgan. Hozir bundan juda afsusda "men bilmabmanku" deyayabdi. Shunga nima qilsa bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Oraga uch taloq tushgan bo‘ladi. Shariatimizda uch taloq hukmi quyidagicha:Er kishi o‘z ayolini bir taloq yoki ikki taloq qilsa, qaytadan yarashishi mumkin. Ammo uch taloq qilgandan keyin o‘sha er uchun u ayol vaqtinchalik haromga aylanadi. Qur’oni Karimning hukmiga binoan, u ayol (idda o‘tirib) boshqa erga tegib, bu eri bilan tabiiy holatda o‘lim yoki taloq tufayli ajrashgandan keyingina (yana idda o‘tirib) birinchi erga nikohi halol bo‘ladi. Buning uchun, albatta, u ayol ikkinchi er bilan er‑xotin bo‘lib yashashi shart. Ikkinchi er jinsiy aloqaga qodir emas kishi bo‘lsa, ayol qaytadan birinchi erga halol bo‘lmaydi. Nikoh to‘g‘ri nikoh bo‘lishi ham shart qilingan. ("Kifoya" kitobidan). Vallohu a’lam!

8 May 2022, 09:45 | Savol-javoblar | 139 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar