Amallar qabul bo‘lishi

Assalomu alaykum! Abu Bakr Abdulloh Bojiy rohmatullohu alayh aytadi: «Beshta xislat bilan amallar mukammal bo‘ladi: Alloh azza va jallaga iymon keltirish; haqiqatni tanish; Alloh uchun ixlos bilan amal qilish; sunnatga muvofiq amal qilish va halol luqma eyish. Agar ulardan biri yo‘q bo‘lsa, amallar ko‘tarilmaydi, ya’ni qabul bo‘lmaydi. Ushbu gapdagi xakikatni tanish deganda nima tushuniladi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hozirgi kunda insonlar o‘zlariga mezon qilib olishgan. O‘zlaricha hamma narsani o‘sha mezoniga solib haq va nohaqqa ajratishadi. Shuning uchun bir narsa to‘g‘risida hammaning fikri har xil va hamma o‘zini haq deb biladi. Aslida esa Alloh taolo shariatni nozil qilgan eng to‘g‘ri mezon ham shariatdir. Qaysi bir amal o‘sha torozuda tushmasa bu haqiqat emas. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 21:38 | Savol-javoblar | 150 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar