Shamollashdan qo‘rqib tayammum

Assalomu alaykum! Hali uylanmaganman, ko‘pincha ertalab tursam maziyni ko‘raman, deyarli har kuni g‘usl qilar edim, ozgina yo‘tal bo‘lib gripp alomatlari bo‘lgani ba’zida elka nervlarim og‘rib qolgani uchun tayammum qilib o‘qiyapman. Suv shamollashga olib kelishidan qo‘rqib tayammum qilib o‘qiyversa bo‘ladimi? Ko‘nglim to‘lmiyapdi hech iltimos maslahat bersaiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz maniy bilan maziyni ajratib oling. Shamollash aniq bo‘lsa janobatdan tayammum qilib namozga tahorat olib o‘qilinadi. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 09:45 | Savol-javoblar | 162 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar