Telefonni naqdga olib bo‘lib to‘lashga sotish

Assalomu alaykum! Men bo‘lib to‘lashga telefon beraman. Qiladigan ishim sudxo‘rlik emasmi? 1mlnga telefon olsam 1 mln 400 minga, 4 oy, 5 oyga bo‘lib to‘lashga beraman. Shu ishimda oborotimda 45,50 mln pulim aylanib yuripti. Zakot berishim kerakmi? Agar bersam ammam bor 4 nafar farzandi bor. Eri ishlaydi, faqat o‘ziga to‘q emas, topgani ro‘zg‘origa arang etadi. Shularga zakot deb bersam o‘tadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! 45-50 milliondan zakot chiqarishingiz shart. Naqdga olib, nasiyaga sotish joiz. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 09:56 | Savol-javoblar | 150 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar