Qabrga yoziladigan oyatlar

Assalomu alaykum! Dinimizda inson vafot etganidan so‘ng qabrga qo‘yiladi. Qabrga qo‘yayotganda Qur’on oyatlaridan yozib mayyitning yuziga qaratib qo‘yilayotganini guvohi bo‘ldim. Qur’on oyatlari pok joyda bo‘lishligini eshitganman. Oyatlarni qabrga qo‘yish to‘g‘risida biror oyat yoki hadis bormi? Shu ish to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu ishlar mutlaqo joiz emas. Bu ishlar Qur’on oyatlariga nisbatan hurmatsizlik ishlar hisoblanadi.
Masala: Kafanga, qabrning ichiga ahdnoma, biron ulug‘ning shajarasi, Qur’on oyatlari yoki qandaydir duo yozilgan sahifa yoki ashyolarni qo‘yish durust emas. Shuningdek, kafan yoki ko‘krakning ustiga kafur yoki siyoh bilan kalima, duo va shunga o‘xshash biror narsani yozish ham durust emas. Ka’bapo‘shning ustki – kalima yoki Qur’on oyatlari yozilgan qismidan kafanlik uchun foydalanish yoki qabrga qo‘yish durust emas. («Ahkom mayyit» kitobidan). Vallohu a’lam!

12 May 2022, 16:56 | Savol-javoblar | 170 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar