Zakotni to‘g‘ri hisoblash
Assalomu alaykum! Men o‘zim moliyachiman, ushbu savolni berishdan maqsad shuki, ko‘p odamlar o‘zlarini zakotini har xil hisoblashiga guvox bo‘ldim. Iltimos quyidagi misolga oydinlik kiritib bersangiz va bu boshqalarga ham zakotni hisoblashda yordam bersa. Misol uchun: 2019 yil Ramazon oyida meni pulim 22 mln bo‘ldi va ilk marta nisobga etdi. 2020 yil Ramazon oyida esa pulim 40 mln ga etdi. Yil davomida pulim nisobdan kamayib 10 mln gacha tushdi va xatto 60 mln gacha chiqqan kunlar ham bo‘ldi. Orada nisobdan kamaygan bo‘lishiga qaramay ikki Ramazonda pulim nisobdan ortiq bo‘ldi. Shuning uchun men hozirgi 40 mln ning 2,5 foizini zakot sifatida chiqaraman deyapman. Ba’zilar esa boshidagi 22 mln dan 2,5 foiz chiqariladi deyishyapti, chunki bir yil to‘lishi kerak. Men esa, yil boshida va oxirida nisobdan ortiq bo‘lsa bo‘ldi, hozirgi 40 mln dan chiqariladi deyapman. Iltimos, shu misolda qay biri to‘g‘riligini aniqlashtirib bering va imkon bo‘lsa telegram kanaliga qo‘ying. Bu savol ko‘p odamlarga zakotni to‘g‘ri chiqarishda yordam beradi deb umid qilaman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz shariatga muvofiq zakot chiqarishni aytibsiz. Boshqalar xato qilibdi. Vallohu a’lam!
8 May 2022, 09:56 | Savol-javoblar | 153 | Zakot
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz shariatga muvofiq zakot chiqarishni aytibsiz. Boshqalar xato qilibdi. Vallohu a’lam!
8 May 2022, 09:56 | Savol-javoblar | 153 | Zakot