Do‘stimning qimor o‘ynashi kufrmi

Assalomu alaykum! Mening yoshim 14da, 5 maxal namoz o‘qiyman. Mening bir do‘stim bor u 1xbet degan o‘yinini o‘ynaydi. Bu qimor ekanligini bilamiz. Bir kuni biz gaplashib o‘tirganimizda u “men 1xbet o‘yinini o‘ynayapman” dedi. Men unga bu qimor, pul yutib olsang ham baribir bu pul teshib chiqadi dedim u esa teshib qaergacha boradi dedi va bu o‘yinni hamma mullalaring ham puli yo‘qligidan o‘ynaydi dedi. Mening shuncha tushuntirishimga qaramay hozir ham bu qimorni o‘ynaydi. Do‘stim hamma mullalaring ham o‘ynaydi deb Allohga kufr keltirib qo‘ymadimi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Buni kufr deb bo‘lmaydi. U qilayotgan ishi haqiqatda harom ish, Allohga jur’at qilish o‘ta xatarli ish. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 16:20 | Savol-javoblar | 140 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar