Do‘stimdan qarzmanmi?
Assalomu alaykum! Men bundan 4 yil avval arendaga moshina oganman bir yaqin aka bilan sherik bo‘lib birgalikda. Moshinani boshidan to‘lov 3000$ edi va oyiga 500$ dan 30 oy davomida jami 18000$ to‘lashimiz kerak edi! O‘sha yili $ kursi 2800-3000 so‘mlar atrofida edi! Biz sherigim bilan 1500x1500 qlib boshidagi to‘lovni qilishga kelishdik! Leken sherigim 1500$ topolmadi va 800$ berdi men 2200$ qo‘shib 3000$ qlib moshinani egasiga berdim va moshinani oldim! Bizni sherigim bilan rejamiz moshinani hamma pulini to‘lab bo‘lganimizdan so‘ng sotib 2 ta moshina olish niyatimiz bor edi! Lekin unday bo‘lmadi 2 oy 250x250$ dan jami 500$ dan to‘ladik va men moshinani vodiyga ketayotganimda avariya qildim! Va tamirlash ishlarini o‘zimni mablag‘imga qildirdim! Va shu bo‘yi oylik to‘lovlarini o‘zim to‘lab keldim! Va zarurat bo‘lib moshinani boshqa bir o‘rtog‘imga bo‘lib bo‘lib to‘lashga sotdim u esa to‘lolmay moshinani avariya qildi va o‘zimga qaytarib berdi avariya xolatida! U moshinani olgan narximdan 3 barobar arzoniga sotdim va xar oylik to‘lovini o‘zim to‘lab keldim! Endi men sherigimdan qarzmanmi? U menda bo‘gan xolatni xammasi ko‘rib bilib mendan hech qanday pul so‘ramadi! Lekn men xotirjam bo‘lolmayapman! Shu xolatda nma qlishim kerak? Javob uchun rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Sherigingiz avvaldan necha pul to‘lagan bo‘lsa hammasini berishingiz shart. Agar u sizni holatingizni ko‘rib, rozi bo‘lsa ya’ni kechib yuborsa, bermaysiz. Vallohu a’lam!
1 May 2022, 09:35 | Savol-javoblar | 159 | Dolzarb savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Sherigingiz avvaldan necha pul to‘lagan bo‘lsa hammasini berishingiz shart. Agar u sizni holatingizni ko‘rib, rozi bo‘lsa ya’ni kechib yuborsa, bermaysiz. Vallohu a’lam!
1 May 2022, 09:35 | Savol-javoblar | 159 | Dolzarb savollar