Chegirmalar xususida
Assalomu alaykum, qadrli ustozlar. Allohga shukurki sizlarning dinimiz yo‘lida qilayotgan xizmatingiz samarasi bilan bizlar ko‘p bilmaganimizni o‘rganib kelmoqdamiz. Mening savolim shundan iborat: Mening o‘quv markazim bor. Ba’zi o‘quv markazlarida o‘zlarining o‘quvchilariga o‘zlari bilan o‘qishga olib kelgan har bir o‘quvchi uchun olib keluvchi o‘quvchining oylik to‘loviga 10%-20% chegirma qilib berishadi. Masalan, men biror o‘quv markazida ilm o‘rganaman, va bir oyga 150 000 so‘m to‘layman, agar do‘stimni o‘qish uchun shu markazga olib kelsam, markaz men uchun 10% chegirma qilib beradi, va men bu oy uchun 135 000 to‘layman. Shu ishni joizmi, agar joiz bo‘lmasa, o‘quvchilarimizni ko‘paytirish uchun qanday yo‘l tutaylik marhamat qiling. Javobingiz uchun tashakkur, Alloh ilmingizni ziyoda qilsin!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Shu ishingiz joiz. Bir marotaba chegirma olish joiz, doimiy o‘tirib olishi joiz emas. Vallohu a’lam!
8 May 2022, 10:18 | Savol-javoblar | 154 | Moliya va tijorat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Shu ishingiz joiz. Bir marotaba chegirma olish joiz, doimiy o‘tirib olishi joiz emas. Vallohu a’lam!
8 May 2022, 10:18 | Savol-javoblar | 154 | Moliya va tijorat