Nuqsoni to‘g‘irlash
Assalomu alaykum! Tishimni biri biridan sal uzoqligi sababli S harfini yaxshi aytolmayman. Yaqinda tajvid o‘rganishni boshlaganimda S harfni aytishda qiynaldim. Shu sababdan tovushlarni o‘ziday aytish maqsadida tishimni briket (sim) taqtirib yoki yana yoniga tish qo‘ydiribmi tog‘iratdirsam jozimi? Shuningdek yoshligimda pastki jag‘imga ham bir moslama taqishni aytigan edi doktor tishim va jag‘im qiyshiq o‘smasligi uchun. Lekin men undan qo‘rqib yo‘q deb rozi bo‘lmagan edim. Xozirda buni to‘g‘irlashni faqat jarrohlik usuli bilan qilsa bo‘lar ekan deb eshitdim. Ovqat egan paytimda ham jag‘imdan bir tovush chiqadi doim. Agar shu jarrohlikni qo‘llab jag‘imni ham tuzatsam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shariatda aybni ketkazish uchun jarrohlik amaliyotini qo‘llash joiz. Bor chiroyni yanada go‘zal qilish joiz emas. Vallohu a’lam!
8 May 2022, 10:29 | Savol-javoblar | 154 | Tabobat