13-oylik va zakot
Assalomu alaykum! Men ishlaydigan tashkilot xar yili olingan daromdga qarab 13-oylik-ish xaqi beradi. O‘sha ish xaqini olganimda zakot uchun belgilangan mablag‘dan ancha oshadi. O‘sha ish xaqini olishimizni yuqori extimol bilan bir yil oldin bilamiz va kutamiz. Bu pul qo‘limga tushgandan so‘ng tezda extiyojlarimga ishlatilib ketiladi. Savollim shuki o‘sha 13-oylikni olsam meni zakot uchun nisobim etgan xisoblanib qolamanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Birinchi ramazon kuni o‘sha nisob miqdoricha pul qo‘lingizga tegdi. Keyin undan ishlatdingiz, tugab bitmasidan keyingi yilning ramozonining birinchi kunida yana o‘shancha pul qo‘lingizga tegdi. Ayni shunday suratda bo‘lsa o‘rtada pul kamayganini e’tiborga olinmaydi. Qo‘lingizga tekkanidan zakot chiqarishingiz farz bo‘ladi. unday bo‘lmasa o‘rtada umuman pulingiz qolmay yoki qarz darajasiga kirsangiz keyin yana birinchi ramazonda nisob miqdoricha pul qo‘lingizga tegsa zakot vojib bo‘lmaydi. birinchi suratda nisobdan kamaygan lekin ozroq bo‘lsa ham qolgan. Ikkinchi suratda esa u puldan umuman qolmagan bo‘lgani uchun. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 11:43 | Savol-javoblar | 171 | Zakot