Jinlar haqida

Assalomu alaykum! Ustozlar, hayotda jinlar bilan bog‘liq bo‘lgan turli xil xodisalarga duch keldim. Man jinlar borligiga va ular ham Allohning mahluqotlari ekanligini bilaman, lekin ular inson salomatligiga ziyon etkazishi haqida aniq bir ilmga ega bo‘lmaganim uchun doim bu mavzudagi fikrlar mani qiynab keladi. Mani ukam yoshligidan oyog‘ida suyak noto‘g‘ri o‘sgani hisobiga bir oyog‘i doim og‘riq bilan yuradi. Yoshi 19da, shifokorlarga ko‘rsatdik, muolaja ham davom etmoqda, hatto operatsiya ham bo‘ldi, asta sekin tuzalib bormoqda.  Bizni qishloq masjidi imomining yaqin kishilaridan bo‘lgan bir odam bilan aloqalarimiz yaxshi. U kishi qobiliyatli odam bo‘lib ko‘pchilikka dam solib ham turadila. Bir kuni ukam u kishi  bilan gaplashib turib  oyog‘i  haqida aytibdi. Shunda u kishi ukamni  bu dardlarni sababi siz yoshligingizda enangiz(onsining onasi) chiroq qo‘ygan joyga hojat chiqargansiz. Bular barchasi shuning alomati deb aytibdilar. Savolim shuki haqiqatda jinlar inson salomatligiga ziyon etkaza oladimi?
2). Ota onalarimiz bizga tunda turli hil joylarda va ayniqsa turli hildagi suv havzalarini oldida  tanho yurmay bunday joylarda esa aslo  tanho uhlamanglar jinlar ziyon etkazishi mumkin deb tarbiya berishgan. Shu to‘g‘rimi? Agar to‘g‘ri bo‘lsa  biz erkak kishimiz va oila boqish uchun  dehqonchilik bilan shug‘ullanamiz, shu sababli ayniqsa yoz kunlari dalalarda dehqonchilik qilib turli hil joylarda tunashga to‘g‘ri keladi. Bunda ayniqsa ekinga suv qo‘yayotganda suvni boshqalar ochib ketmasligi uchun turli katta suv havzalari oldida suvni tuni bilan  poylashga to‘g‘ri kelib qoladi va hatto shu joyda bazida tanho uhlashga ham to‘g‘ri keladi. Shunday holatda biz nima qilaylik? Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Birinchidan domla noto‘g‘ri gapni aytibdi. Chunki yoshligida nima bo‘lganini Alloh biladi. Bu g‘aybni bilishni da’vo qilishga kiradi. Jinlarni zarar etkazishiga kelsak, to‘g‘ri. Lekin Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning tongda va tunda o‘qigan duolarini o‘quvchilarga bu narsa zarar qilmaydi. 2). Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning tongda va tunda o‘qigan duolarini vazifa qilib olish kerak. Vallohu a’lam!
21 Aprel 2022, 06:45 | Savol-javoblar | 101 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar