Ruhning jannat va do‘zoxga bog‘liqligi
Assalomu alaykum! 19 yoshdaman va aniq fanlar olimpiadistiman. Alhamdulillah musulmonman. Savolim, insonda ruh mavjudligi ilmiy ham dunyoviy ham isbotini topib kelayapti. Insondagi ruh hissiyotga erishishi, Yani his etishi uchun, unga tirik hujayrali materiya yani tana kerak. Va o‘limdan song ruh tananı tark etishini bilamiz, hamda u jannat yoki do‘zoxga tushishini ham. Agar ruhda hissiyotga erishtiruvchi manba(tana) bo‘lmasa, jannatda rohatni his etish, do‘zoxda azobni his etish rad bo‘lib qolmaydimi. Agar insonga tana qaytarib berilsa, tirik hujayralar abadiy emas deyilgan nuqtaga aks bolmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Oyatlardagi “Xolidiyna fihaa” deb yozilgan joylari ularni abadiy ekanligiga dalolat qiladi. Do‘zax va jannatning abadiy deb e’tiqod qilish iymonning taqozo qilgan narsalaridandir.
Ruhning asl haqiqatini nima ekanligini Allohdan boshqa hech kim bilmaydi. Bu borada Qur’oni karimda bunday marhamat qilinadi:وَيَسْأَلُونَكَ عَنِ الرُّوحِ قُلِ الرُّوحُ مِنْ أَمْرِ رَبِّي وَمَا أُوتِيتُم مِّن الْعِلْمِ إِلاَّ قَلِيلاً«Va sendan ruh haqida so‘rarlar. Sen: «Ruh Robbimning ishidir. Sizga juda oz ilm berilgandir», – deb ayt» (Isro, 85).(«Tafsiri Hilol» kitobidan).
Ruhlarning bir tanadan boshqa tanaga ko‘chishiga kelsak, bu nazariya ilm-fan tilida «reinkarnatsiya» deyiladi. Arab tilida «tanosuh, tajassum» deb atalib, bu atama o‘limdan so‘ng ruhning bir tanadan chiqib, boshqa bir jasadga ko‘chishi haqidagi asossiz nazariyaga nisbatan ishlatiladi. O‘tmishda g‘aybiy hodisalarga aqli etmagan johil kimsalar, aqidasi buzuq qavmlar (masalan, ba’zi ravofizlar, buddaga sig‘inuvchi hindlar, hatto xristian diniga mansub bo‘lgan ba’zi bir kishilar) ana shunday tushunchada bo‘lishgan.
Ular qiyomatda qayta tirilishni, har bir ruh o‘z jasadiga qaytib, jannatga yoki do‘zaxga kirishini inkor qiladilar va ruhlar tanani tark qilganidan keyin, boshqa yangi tug‘iluvchi chaqaloq tanasiga kiradi – deyishadi. Ba’zida o‘z xulqi va shakliga munosib bo‘lgan hayvon, hashorat va qushlarning tanasiga kiradi va amallariga qarab ne’matlanadi yoki azoblanadi – deyishadi. So‘ng yana o‘sha amali va axloqiga munosib boshqa tanalarga kiradi – deyishadi. Mana shu ularning nazdida kishining amaliga yarasha ne’matlanish yoki azoblanishdan iboratdir. Agar gunoh qilsa, u o‘lgach, ruhi it yoki to‘ng‘iz, yoki kofir jasadiga o‘tadi va azoblanadi. Oqibatda barcha ruhlar qilgan gunohidan poklanib, Parvardigorga qaytadi. Bunday toifadagi kishilar nazdida, ruhlar tanadan ajragach, ularning qaror topgan joylari o‘zlariga munosib hayvonlardan iboratdir. Ba’zilari shunday yashash doimiy davom etadi – desa, ba’zilari inson etti bor bu dunyoga qayta keladi – deyishadi. Ba’zilar esa : Ruh tanani tark etgach butkul yo‘q bo‘lib ketadi, qilgan amaliga yarasha bo‘lgan ne’mat yoki azoblanish jasadga bo‘ladi – deyishadi.
Bunday gaplar botil va bunday e’tiqod Odam alayhissalomdan Muhammad alayhissalomgacha o‘tgan barcha anbiyolar ittifoq qilgan e’tiqodga zid bo‘lib, Alloh va qiyomat kuniga kofir bo‘lish hisoblanadi.(Alloh saqlasin). Ming afsuski, hozir dinimiz ta’limotlaridan bexabar ayrim kishilar ana shunday tagi yo‘q gaplarga ishonib yurishibdi. Ba’zi matbuot nashrlari ruhlarning insonga yoki jonzotlarga ko‘chishi haqidagi shov-shuvli xabarlarni chop etib, ularni chalg‘itishga sababchi bo‘lishmoqda.
Ahli sunna val jamoa e’tiqodiga ko‘ra, har bir jasadning alohida ruhi bor.لَا يَذُوقُونَ فِيهَا الْمَوْتَ إِلَّا الْمَوْتَةَ الْأُولَى وَوَقَاهُمْ عَذَابَ الْجَحِيمِUlar u erda birinchi o‘limdan tashqari o‘limni totmaslar. (U Zot) ularni do‘zax azobidan saqlar. (Duxon. 56). («Tafsiri Hilol» kitobidan).
Har bir jasad o‘z ruhi bilan qiyomatda qayta tiriladi va hisobga tortiladi. So‘ng ularga beriladigan azob yoki ne’mat ham jasadiga, ham ruhiga bo‘ladi. Shu o‘rinda “inson vafot topgach ularning ruhlari qaerda bo‘ladi?” degan savolga ulamolar turlicha fikrlar aytganlar. Inson vafot topishi bilan qabr hayoti boshlanadi. U hayotda ruhlarning turar joylari bir-biridan farq qiladi.
1-Nabiy va rasul salovatullohi alayhim va salamuhular. Ularning ruhlari “Malaul a’lo”da “Illiyyin”da bo‘ladi. Ularning manzillari ham Rasululloh sollallohu alayhi vasallam me’rojda ko‘rgan maqomlarda.
2-Shahidlarning ruhlari jannatdagi qushlarning jig‘ildoniga joylashtirib qo‘yiladi. Ular jannatning xohlagan joylariga sayohat qiladilar. Qiyomat qoim bo‘lgach o‘z tanalariga qaytarilib, tanalari ila jannatga kiradilar. Bu maqom ham shahidlarning hammalariga tegishli emas. Muhammad ibn Abdulloh ibn Jahshdan qilingan rivoyatda: Kishi shahid bo‘lsada, qarzi tufayli ruhini jannatga kirishidan to‘xtatib turiladi. Qachon qarzini to‘lasa, keyin kirishi aytiladi. Ulardan ba’zilari jannat darvozasining oldida to‘xtatib qolingan bo‘ladi va ba’zisi esa qilgan gunohi kabiralari tufayli qabrining o‘zida tutib qolingan bo‘ladi. Yana ba’zilari imom Ahmad rivoyat qilgan hadisga binoan turar joyi jannat darvozasi oldidagi yashil qubbada bo‘ladi. Ularga ertayu kech jannatdan rizqlari etkazib turiladi. Yana ba’zi ruhlar yuqoriga ko‘tarila olmay erning o‘zida qoladi. Ular dunyoda Robbisining ma’rifatini hosil qilmagan, muhabbatini qozonmagan, zikr va ibodatida bo‘lmagan kishilarning ruhlaridir. Ba’zilarining ruhlari Rasululloh sollallohu alayhi vasallam me’roj kechasida ko‘rganlarideq, zinokorlar tashlab qo‘yiladigan tandur kabi osti keng joyda bo‘ladi. Ba’zilariniki esa o‘sha kechada ko‘rilgan joylarda bo‘ladi. Kofirlarning ruhlari esa “Sijjiyn”da bo‘ladi – deyishgan.
Bundan kelib chiqadiki, barcha baxtli yoki baxtsiz kishilarning ruhlari bir joyda bo‘lmaydi. Bu Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan vorid bo‘lgan sahih hadislarni tekshirib chiqish orqali kelingan natijadir. O‘lgan insonning ruhi ma’lum muddatgacha yaqinlarining yoniga kelib turishi haqida sahih hadislar yo‘q. Lekin hadislarda: Biror kishi vafot topsa amaliga yarasha yuqoridagi ruhlardan qaysidir biriga qo‘shilib, oilasi va ahli ayolining haqida so‘rashi, yaxshi ishlariga xursand bo‘lib, yomon ishlariga ranjishi aytilgan. Vallohu a’lam!
23 May 2022, 10:54 | Savol-javoblar | 157 | Islam