Turmush qurish haqida
Assalomu alaykum! Mehrni parallel taqsimlab bo‘lmaydi deb eshitgandim, ya’ni inson onasini 100% yaxshi ko‘radi deb hisoblasak va keyin biror qizni yaxshi ko‘rsa onasiga bo‘lgan muhabbati ma’lum miqdorda kamayar ekan 70/30, 50/50 kabi parchalanar ekan. Men esa Allohga bo‘lgan muhabbatim ozaymasligi uchun uylanmoqchi emasman. Lekin payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam bu shu maqsadda uylanmayman degan odamni bu ishdan qaytargan ekanlar ammo tasavvufning ko‘p toifalari bu ishni yoqlashar ekan. Endi mening bu qilmoqchi bo‘layotgan ishim qanchalik to‘g‘ri?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sizni fikrlaringiz g‘irt ahmoqona. Allohga bo‘lgan muhabbatga shar’an joiz bo‘lgan maxluqotlariga bo‘lgan muhabbat orqali etishiladi. Ko‘rmaysizmi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam : “Er ayoliga kulib boqsa, ayol eriga kulib boqsa Alloh ularga rahmat nazari bilan boqadi” dedilar. Sahobalar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan “Sizga insonlarni eng suyuklisi kim” deb so‘raganlarida “Oisha” deganlar. “Erkaklardanchi” deganlarida “Uning otasi” deganlar. Siz uylanishni tark qilsangiz Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sunnatlardan yuz o‘girgan bo‘lasiz. U zot sollallohu alayhi vasallam “Kim mening sunnatimdan yuz o‘girsa bizdan emas” deganlar. Vallohu a’lam!
8 May 2022, 06:27 | Savol-javoblar | 141 | Oila va turmush