Xufton va Vitr namozlari o‘qish tartibi
Assalomu alaykum! Xufton namozini o‘qib tugatganimda ya’ni o‘ng va chap tomonga salom berib bo‘lib, xech qanday zikr yoki duo o‘qimay, joy nomozdan xam chiqmay xufton namozi ortidan darxol vitr namozini o‘qib ketyapman chunki namoz o‘rganadigan kitobda xuftondan keyin vitr deb yozilganiga shunday o‘qib yuruvdim ammo xamkasbim vitrni aloxida tunda turib o‘qiyapsizmi deb so‘rab qoldilar, bu bilan demak men xuvton ortidan vitrni o‘qib xato qilyapmanmi? Yana vitr namozini ovoz chiqarman maxfiy o‘qish kerakmi? Iltimos namozlarimni to‘g‘ri o‘qishda yordam bering.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Xuftonni farzidan keyin ikki rak’at sunnati bor. O‘shani o‘qib bo‘lib, ketidan vitrni o‘qishingiz ham mumkin, bir uxlab turib tahajjud vaqtida o‘qishingiz ham mumkin. Yolg‘iz namoz o‘quvchi hamma namozlarini eng kamida o‘zi eshitadigan darajada pichirlab o‘qishi shart. Vallohu a’lam!
8 May 2022, 11:57 | Savol-javoblar | 398 | Namoz