Onlayn taroveh

Assalomu alaykum! Bu yil Muborak Ramazon oyida Taroveh namozini bir kishi ado qilishi mumkinmi? (xonadonda yakka o‘zi yashasa). Agar bo‘lsa barcha rakatlarda zam suralarni o‘zi bilganini qiroat qilsa bo‘ladimi? Xatmi Qur’onni onlin eshitsa hisobga o‘tadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Tarovehni onlayn eshitsa hisobga o‘tmaydi. Tarovihni o‘zi bilganicha bilgan suralari bilan ado qilaveradi. Vallohu a’lam!

3 May 2022, 13:39 | Savol-javoblar | 180 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar