Nazrmi?

Assalomu alaykum! Ustozlar, yaqinda Rossiyadan uyga ketayotgandik, men sherigimga “agar boshlig‘imiz bugun Xudo xoxlasa 50000 rubl pul bersa sizni O‘zbekistonga borish yo‘lkirangizni o‘zim ko‘taraman” dedim. O‘sha kuni bermadi va boshqa kunga berishni va’da qildi. Meni bu gapim nazrga kiradimi va men nima qilishim kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! “Xudo xohlasa” degan so‘zni qo‘shganingiz uchun nazrga kirmaydi. Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 05:20 | Savol-javoblar | 148 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar