Ayolning uyda kiyinishi

Assalomu alaykum! Ayol agar eri bilan aloxida uyda yashasa, nomaxramlar nigoxi tushishi ehtimoli bo‘lmasa, uyda engil kiyim (kalta ko‘ylak yoki shortik) kiyib yurishi mumkinmi? Bir odam «Uyda bir o‘zi bo‘lsa xam mumkin emas, sababi uyda shaytonlar bo‘ladi va ular ayolning ochiq avratini yalab ketadi» deb aytdi. Shu rostmi? Agar er ayolini shunaqa yurishiga yo‘l qo‘yib bersa dayus bo‘lib qolmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ayol kishi, haqiqatan nomahramlar yo‘q va ularni ko‘zi ham tushmaydigan joyda kiyinish borasida ixtiyorlidir. Eri ruxsat bersa dayus bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

22 Aprel 2022, 13:28 | Savol-javoblar | 152 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar