Boshqa kompaniyalar mahsulotlari uchun olgan videorolikni ishlatish

Assalomu alaykum! Biz chetdan keltirilgan professional oshxona uskunalari sotamiz (kafe, restoran, qandolat, non tsexlari vahokazolar uchun). Ijtimoy tarmoqlarda (telegram, instagram va feysbuk) mahsulotlarimiz qanday ishlatilishini ko‘rsatib berishda ba’zida chetda olingan videolarni (misol uchun sharbat siqqich) olib, u videoga o‘z savdo belgimizni qo‘yib (bu videoda mavjud brend nomini olib tashlab) montaj qilgan holda berib boramiz. Agar o‘zimiz shunday videolar tayyorlasak bu narsa vaqt va mablag‘ talab qiladi, va biz olgan videolar chetda ko‘rsatib berilganchalik chiqmasligi ham mumkin. Agar o‘zimiz video olishimiz savoli ko‘tarilsa "Xuddi shu tovar ko‘rsatib berilgan tayyor videolar borku internetda yana nima qilamiz bu narsaga pul sarflab" qabilidagi savollar bo‘lyapti. Biz nima qilsak to‘g‘ri bo‘ladi? Shunday qilishlik joiz bo‘ladimi? va ayrim videolar brend nomlaridan holi (bularni bemalol ishlatsak bo‘ladimi)? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘sha videoni tayyorlagan odamlardan so‘ranglar. Bu savolga javob berish bizni emas ularni haqqi. Agar olib ishlatishga rozi bo‘lsa olib ishlatinglar bo‘lmasa so‘ragan haqini berib shartnoma asosida foydalaninglar. Vallohu a’lam!

2 May 2022, 06:19 | Savol-javoblar | 148 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar