Xolat
Assalomu alaykum! Man oldin kimdir xaqqimni olsa burnini qonatib bo‘lsayam olardim yoki doimiy qarg‘ardim imkonsiz qolsam ololmasam, keyin yillar o‘tib ilmim oshdi iymonim shakllandi xozirda moddiylik man uchun arzimas va qadrsizdir, kimdir xaqqimni olsa va qaytarmasa aldasa u bilan tortishmiman va inshaallax qiyomatda xisoblashamiz deymanu tilimda, ammo dilimda kechirivoraman va xaqqimdan kechaman negaki qiyomatda u bilan xusumatlashib xaqqimni olsam bu ajr 50% tashkil qilsa farazam ammo kechirivorsam Alloh 100% ajrimni berishiga iymonim komil xozir. Shu taxlit yashavoman ko‘pchilik xaqqimni toptasayam dilim og‘riydi to‘g‘ri ammo baribir kechaman qiyomatga qoldirmayman buni o‘zim va Robbim biladi ammo narigi tomonga kechdim deya olmayman va qiyomatda xisoblashamiz deb qo‘yaman, kechdim deyishga g‘ururim yon bermaydi bu munofiqlik va kibr emasmikan deb o‘ylab qolib savol berdim?!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Haqqingizni kechib yuborishingiz va sizga zulm qilganlarni afv qilishingiz eng afzal yo‘ldir. Faqat bu ishingiz tufayli boshqa bir insonga yoki musulmonlarga zarar etmasin. Haqqingizni kechib yubormay shu dunyoning o‘zida talab qilishingiz uni oxiratga qoldirib yuborishingizdan afzalroqdir. Agar bularning birortasiga qodir bo‘lmasangiz Alloh taolo albatta oxirat kunida barcha haqlarni o‘z egalariga undirib beradi. Vallohu a’lam!
14 May 2022, 12:23 | Savol-javoblar | 156 | Ruhiy tarbiya