Namozda safga sig‘may oxirgi safda bir o‘zi turish
Assalomu alaykum! Kecha xufton namoziga masjidga kirdim. Namoz boshlanib bo‘lgan edi. Jamoatning so‘nggi safiga sig‘ishim uchun joy yo‘q edi, ya’ni saf to‘lib bo‘lgan edi. Shunda man bir o‘zim oxirgi qatorning o‘rtasiga bir o‘zim turib, imomga iqtido qilib o‘qidim. Namoz tugaguncha boshqa hech kim qo‘shilmadi. Shunday payt oldida turgan namozxonning elkasiga qo‘l qo‘yib ogohlantirib qo‘yiladi va o‘sha namozxon bitta orqa safga, yolg‘iz namozxonning yoniga qo‘shiladi deb eshitgandim. O‘zimizning mahalladagi masjid bo‘lgani va u erdagi namozxonlarni taniganim uchun qulimni elkasiga qo‘ymadim. Sababi ular bu narsani bilmasliklari aniq. Mobodo shunday qilsam, ular chunmay hayollarini buzmay dedim. Endi shu yolg‘iz so‘nggi safda bir o‘zim o‘qiganimni hukmi qanaqa bo‘ladi? Boshqatdan o‘qimaymanmi? Alloh ilmingizni ziyoda qilsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Qaytadan o‘qimaysiz, yolg‘iz turish makruh. Masjid imomi doimiy tarzda shu kabi masalalarni aytib turishi kerak. Vallohu a’lam!
22 Aprel 2022, 13:28 | Savol-javoblar | 146 | Ibodatlar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Qaytadan o‘qimaysiz, yolg‘iz turish makruh. Masjid imomi doimiy tarzda shu kabi masalalarni aytib turishi kerak. Vallohu a’lam!
22 Aprel 2022, 13:28 | Savol-javoblar | 146 | Ibodatlar