Samarqand viloyatidagi marosimlardagi bid’atlar

Assalomu alaykum! Men Samarqand viloyati Tut qishlog‘ida yashayman. Bu erda diniy tarbiya ancha qoloq deb hisoblayman, chunki turmushga chiqib kelganimdan beri mushkul kushod, momo oshi, tovuq bilan qonlash, chiroq yoqish kabi ishlarni ko‘plab qilishlariga guvoh bo‘ldim. Odamlari xam oxirat xaqida “kim borib kelibdi” deb gapirishadi ba’zida. Yaqinla mavlud bo‘lgan bir xonadonda otin oyi “biz musulmonlar idorasi tomonidan o‘qitilyabmiz, momo oshi kabi narsalar qilmaymiz, faqat Qur’on o‘qiymiz” dediyu mavlid so‘ngida “etti pirlar va momolar qo‘llasin” deb duo qilyabdi. Chunki shunday duo qilishga oldindan o‘rganib qolgan ko‘pchilik. Lekin bu duoni o‘zi bilan Allohga sherik qilishyabdi. Qolaversa ba’zi ma’lumotlari menga erish tuyuldi deydiki odam yaratilganda shayton joylashgan joyning tuprog‘i odamga qo‘shilgan emish. Odamda xarom qon bo‘larmish, o‘sha shayton emish. Diniy bilimi yo‘q odam bu gapga ishonadi. Shuning uchun sizlardan iltimosim bizning otinoyilarimiz bilan xam yig‘ilishlar o‘tkazib dinning moxiyatini chuqquroq targ‘ib qilsalaringiz. Bilib bilmay kimdandir eshitgan yolg‘on rivoyatini xalq orasida gapirib yurib ular ham boshkalar xam ketib qolmasin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Rahmat sizga, dinimiz uchun qayg‘urganingiz uchun tashakkur. Buni Samarqandning bosh imomlariga yozsangizlar ular albatta chora-tadbirini qiladilar. Chunki u erda solih insonlar o‘tiradilar. Ular shirkka aslo beparvo bo‘lmaydilar. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 12:19 | Savol-javoblar | 144 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar