Kreditga telefon olish

Assalomu alaykum! Men yashab turgan shaharda kreditga har turli jihozlar sotishadi. Ya’ni pulini oyma-oy to‘lash evaziga. Narxini yozib belgilab qo‘yishgan. U erdagi jihozning naqd pul evaziga narxi boshqa, oyma-oy to‘lash evaziga boshqa bo‘lsa, jihozni olishi joizmi? Agar bir xil narxda bo‘lsa olishim durust bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Buni nasiya savodsi – deyiladi. Agar pulini vaqtida to‘lamasangiz ustiga ustama to‘lashni shart qilgan bo‘lsa, joiz emas. Sotuvchilar esa molikiy mazhabiga binoan haridor oylik to‘lovni vaqtida to‘lamasa, faqir va miskinlarga sadaqa qilish va’dasini olib, mabodo vaqtida to‘lay olmasa, pulni olib faqir miskinlarga sadaqa qilishi vojib bo‘ladi. Shu o‘rinda mijozdan olingan pulni o‘zi iste’mol qilishi mutlaqo joiz emas. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 13:10 | Savol-javoblar | 221 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar