Qaynota keliniga uylansa bo‘ladimi

Assalomu alaykum! Bir xonadon bor edi, o‘g‘illari vafot etdi. Otalarini ayoli yo‘q edi. O‘g‘illarini ayolini otalari nikohlariga olishlari joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Joiz emas. O‘g‘lining ayoli otasi uchun umrbod mahram, nikohi harom hisoblanadi. Nikoh qilinsa ham bog‘lanmaydi. Alloh taolo “Niso” surasining 23-oyatida ayollardan bo‘lgan mahramlarni sanab turib, shunday degan:«… Va pushtingizdan bo‘lgan o‘g‘illaringizning xotinlari…»
 Ya’ni kelinlar. Bu erda «pushtingizdan bo‘lgan o‘g‘illaringiz» deb qayd qilish bilan birga, tutingan o‘g‘illar bu hukmga kirmasligi ayon bo‘lmoqda. Kelinlarga uylanishni man qilishda axloqiy, insoniy e’tiborlar bilan birga, xuddi yuqoridagi holatlarga o‘xshab, qarindoshlik aloqalarini ehtiyotlash hikmati ham bor. Mazkur toifalarning nikohi abadiy haromdir. («Tafsiri Hilol» kitobidan). Vallohu a’lam!

8 May 2022, 12:41 | Savol-javoblar | 166 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar