Halol bo‘lmagan pul
Alhamdulillah, vassolatu vassalamu ’ala rosulillah.Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuhu, ustoz.Ijozatingiz ila savolimni yo‘llasam. Meni o‘zimni kasbim bor. Alhamdulillah, shu kasbim orqali Alloh rizqimni berib turibdi. Shu bilan birga, akam menga vaqti-vaqti bilan pul berib turadi, ba’zida mayda-chuyda xarajatlar uchun, ba’zida esa anchagina pul beradi. Ammo akam Alloh harom qilgan kasbni qiladi, barmen bo‘lib ishlaydi restoranda. Uni bu ishni qilmaslikka doim chaqiraman, ammo hozircha besamar... Ustoz aqlim etmay turgan narsa shuki, men akam bergan pullarni nima qilay? Masjidga yoki biror muhtojga berib yuboray desam, Alloh ta’ala haloldan boshqasini qabul qilmaydi, o‘zimga ishlatmayman. Maslahatingizga muhtojman.Sizga Robbimizdan ikki dunyo saodatini so‘rab g‘oyibona shogirdingiz Dilshod.Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- O‘ta kambag‘al odamga berish kerak.
4 May 2022, 15:19 | Savol-javoblar | 162 | Moliya va tijorat
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- O‘ta kambag‘al odamga berish kerak.
4 May 2022, 15:19 | Savol-javoblar | 162 | Moliya va tijorat