Assalamu alayku hurmatli Hazrat janoblari!

Hurmatli Hazrat janoblari. Mening savolim shundan iborat. Men bir hafta oldin Ollohning ulug nematlaidan bulmish farzadlik buldim( Alhamdulillah). Orzularim amalga oshib shu farzandimga Muhammad deb ism quydim(Alhamdulillah). Paygambarimiz Muhammad s.a.v-ni ismlarini quyish mumkinmi eki oldiga yana ism quyish kerakmi?Kupchilik har-hil maslahat beryapti. Men uzimga maqulini quydim. Sizdan shu savolimga javob berishingizni iltimos qilaman. Chunku bizlar uni Muhammad deb chaqiryapmiz! Javobingizga oldindan katta rahmat! Olloh sizu-bizdan rozi bulsin.(Amin)
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Ulug‘ ismni qo‘yibsiz. Boshqalarning gapiga e’tibor bermang.

27 May 2022, 05:56 | Savol-javoblar | 173 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar