Befarzandlik sababli ajrashish
Assalomu alaykum! Sizlarga ko‘nglim to‘la o‘kinch va alam bilan murojaat qilmoqdaman. Ma’qal ibn Yasor roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Bir kishi Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelib: «Ey Allohning Rasuli! Bir jamolli va hasabli ayol topdim. Ammo tug‘mas ekan. Unga uylanaveraymi?» dedi. «Yo‘q», dedilar. Keyin u zotga ikkinchi marta keldi. Yana qaytardilar. So‘ngra uchinchi marta kelganida: «Eriga muhabbat qiladigan va ko‘p tug‘adigan ayolga uylaninglar. Men boshqa ummatlarga sizlarning ko‘pligingizni ko‘z-ko‘z qiluvchiman», dedilar». Abu Dovud, Nasaiy rivoyat qilganlar. Hokim sahih, degan. Allohning izmi bilan 15 yildan beri befarzand yashadik. Bundan 10 yillar avval bir necha marta javobimni bering, uylaning, farzandli bo‘ling deyishimga qaramay menga javob bermagan, Allohning sinovlariga sabr qilamiz degan turmush o‘rtog‘im endi ajrashamiz deyaptilar. Biz avval alohida ijarada 14 yil birga yashadik. 1 yil avval turmush o‘rtog‘im onasining qistovi bilan ular bilan birga yashay boshladik. 6 oy ichida bizni ajratish darajasiga olib keldi. Men 6 oydan beri qizlik uyimdaman. Taloqsan demadilar. Tekshirtirganmiz, hammasi yaxshi, sabr qilinglar degan vrachlar. Lekin bizning taqdirimiz, befarzandligimiz Allohning peshonamizga yozgan taqdiridan emasmi? Yuqoridagi rivoyatga ko‘ra turmush o‘rtog‘im men bilan albatta ajrashishlari shartmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom!Ajrashinglar. Siz ham turmush qurib farzandli bo‘ling, inson ma’lum bir yoshga etgach er yordamchi bo‘lish u yoqda tursin, o‘zi yordamga muhtoj bo‘lib qoladi. O‘sha vaqtda farzandlar xizmatingizda bo‘lishadi. Hozir bir-biringizga yordamchi bo‘lishingiz mumkin u vaqt kelganida ikkingiz ham o‘zgalarga qarab xor bo‘lib qolishingiz mumkin. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 17:51 | Savol-javoblar | 155 | Oila va turmush