Xudodan yashirmagan, bandasidan yashirarmidim
Assalomu alaykum! Xalkimizda "Xudodan yashirmagan, bandasidan yashirarmidim (yoki yashirmaslik kerak)" degan gap bor. Bu noto‘g‘rimi? Ya’ni, qilgan gunoxlarni aytmaslik kerakligini bilamiz, xuddi shunday bajara olmagan farzlarini xam boshqalarga indamaslik kerakmi? Masalan o‘qimagan namozini, tuta olmagan ro‘zasini.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Odatda ikki ish bo‘ladi. Yoki Allohni tark qilish yoki gunohni tark qilish. Allohni tark qilgan qochib qaerga ham bora oladi? Yana bir Alloh bormiki uni panoxiga olsa?! Undan ko‘ra istig‘for aytishga kirishish kerak. Shu vaqtda shayton inson qulog‘iga “Sen yana shu gunohni qilasanda” deydi. Unga javob bandaning tavbasi qabul bo‘lishi uchun “bo‘ldi bu ishni qilmayman” deb qasd qilish kifoya qiladi. Shayton gunohkorning qalbiga gunohdan tavba qilishni behayolik deb vasvasa qiladi. U “Tavba qilib yana gunoh qilishdan, gunohni qilib yana tavba qilishdan uyalmaysanmi” deydi. Aslida esa hayoning haqiqati Robbingiz sizni gunoh joyda, gunoh holatida ko‘rmaslikdir. Tavba qiluvchilar ham muttaqinlar maqomida bo‘ladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Qaysi bir mo‘min bandaning ko‘zidan nadomad qilgani va Allohdan qo‘rqqani uchun, garchi u pashshaning boshicha bo‘lsa ham ko‘z yoshi chiqsa, so‘ng yuziga tegsa Alloh u yuzni do‘zaxga harom qiladi” deganlar. Shuning uchun Ashraf Aliy Tahonaviy rahmatullohi alayh ko‘zlaridan andak bo‘lsa ham yosh chiqsa yuzlariga surtar edilar. Bunga Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning yuqoridagi hadislari dalildir. Shu erda bir savol tug‘iladi. Insonning yuziga do‘zax o‘ti harom bo‘lib, jismining qolgan qismi kuyishi mumkinmi? – degan. Bunday bo‘lishi aslo mumkin emas. Bu Allohning karamidir. Shuning uchun shaytonni makriga ergashmay Allohning rahmatiga bog‘lanishimiz kerak. Shayxul hadis Muhammad Zakariyo rahmatullohi alayh umrlarining oxirlarida tinmasdan “Ey Kariym, Ey Kariym” deb zikr qilarkanlar. Kariymning ma’nosi mulla Aliy al-Qoriyning ta’riflariga binoan haqli bo‘lmasalarda noloyiq insonlarga fazl qilaveruvchi Zot deganidir. Bir kishini yuzini do‘zaxdan saqlab, qolganini do‘zaxga tashlash Allohning karamidan uzoq narsa. Alloh fazl qilib o‘zgalarga bildirmagan narsani behayolik qilib inson o‘zi oshkor qilmaslik kerak. Vallohu a’lam!
8 May 2022, 13:24 | Savol-javoblar | 176 | Turli savollar